Jahon | 21:49 / 27.07.2020
3878
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi kurashish jarayonida shirin va yog‘li ovqatlar reklamasi cheklanmoqda

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya tarkibida yog‘, shakar va tuzga boy ovqatlar reklamalarini cheklamoqda, deb xabar beradi hukumat rasmi sayti.

Qayd etilishicha, bu chora Buyuk Britaniyaning COVID-19 epedimiyasi tufayli qayta ko‘rib chiqqan semirishga qarshi dasturining bir qismi sifatida amalga oshirilmoqda.

Britaniya hukumati ma'lumotlariga ko‘ra ortiqcha vaznga ega odamlarda koronavirus tufayli o‘lim yuzaga kelishi xavfi yuqori. Mamlakatdagi ortiqcha vaznli bemorlarning deyarli 8 foizi intensiv terapiya bo‘limlariga yotqizilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Britaniyada soat 21:00 gacha televideniye va internetda yog‘li va shirin mahsulotlar reklamasi taqiqlanmoqda, shu bilan birga, bunday mahsulotlar supermarketlarning kirish joylari va kassalar yoniga ham joylashtirilmaydi. Shuningdek, hukumat «Bittasini sotib olganga ikkinchisi bepul beriladi» qabilidagi aksiyalar yordamida zararli mahsulotlar reklamasini ham cheklamoqda.

Jon Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 27 iyul kuni 301 mingda koronavirusga chalinish holati tasdiqlangan, shundan 45837 ta holat o‘lim bilan tugagan. 

Жамшид Ниёзов
Tayyorlagan Жамшид Ниёзов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid