O‘zbekistonda koronavirus tufayli vafot etayotganlarning o‘limiga asosan ortiqcha vazn va pnevmoniya sabab bo‘lyaptimi? Mutaxassis izoh berdi
Koronavirus oqibatida vafot etgan o‘zbekistonliklarning aksariyatida ortiqcha vazn bo‘lgani ma'lum qilindi. Biroq Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov aynan shu narsa bemorning o‘limiga sabab bo‘lgan degan fikrga qo‘shilmasligini aytdi.

«Koronavirusdan vafot etganlarning aksariyatida ortiqcha vazn, surunkali kasalliklari borligi rost. Ortiqcha vazn nafaqat koronavirus kasalligida, balki, boshqa ko‘plab yuqumli kasalliklarga chalinganda ham qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqaradi.
Chunki ortiqcha vaznga ega bemorlarda har qanday yuqumli kasalliklarning kechishi og‘ir bo‘ladi, vaznning me'yoridan ko‘pligi davolash jarayoniga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Lekin aynan ortiqcha vaznga egalik o‘limga sabab bo‘ldi degan fikrdan yiroqmiz», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat bosh sanitariya inspektoriga ko‘ra O‘zbekistonda qayd etilayotgan koronavirusdan o‘lim holatlarining aksariyati pnevmoniya, nafas olish tizimidagi muammolar bilan bog‘liq.
«Pnevmoniya kasalligi bu o‘pkaning yallig‘lanishi bo‘lib, uning etiologik omillari, ya'ni yuzaga kelish sabablar juda ko‘p. Bakterialar, viruslar, zamburug‘lar va biron-bir toksik moddalar pnevmaniyani keltirib chiqarishi mumkin.
Lekin bitta narsani aniq bilamiz. Koronavirus kasalligining aksariyat hollarda uchrayotgan eng jiddiy asoratlaridan biri bu o‘pka yallig‘lanishi, ya'ni pnevmoniya hisoblanadi. Bu nafaqat o‘choqli pnevmoniya, balki o‘pkada jiddiy muammolarni yuzaga kelishi barobarida O‘zbekistonda qayd etilayotgan koronavirusdan o‘lim holatlarining aksariyati aynan ushbu asorat, ya'ni nafas olish tizimidagi muammolar bilan bog‘liq.
Pnevmoniya aynan koronavirus bilan chaqirilganmi yoki boshqa bir ekologik omil bilan chaqirilganmi, bundan qat'i nazar unga jiddiy munosabatda bo‘lish kerak. Qachonki nafas tizimi izdan chiqar ekan, organizmda to‘qimalarni kislorod bilan to‘yintirish, to‘qimalardagi karbonad angidridni, zaharli moddalarni organizmdan chiqarib yuborish uchun o‘pka faoliyati o‘ta zarur hisoblanadi» deydi Nurmat Otabekov.
Tavsiya etamiz
Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:02 / 04.03.2025
Boris Jonson Tramp nega Ukrainaga bosim qilayotganini tushuntirdi
Jahon | 22:31 / 03.03.2025
“Elchi bo‘lmoqchiman” - namanganlik “ingliz” qiz
Jamiyat | 22:00 / 03.03.2025
O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam oladi?
O‘zbekiston | 16:00 / 03.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tovarlar, xizmatlar va ishlarga eksklyuziv huquqlar kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 14:15
-
Toshkent va Andijonda 1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi
Jamiyat | 14:05
-
G‘azo tarafdorlariga Trampdan sanksiyalar, uzrnoma e’lon qilgan Zelenskiy va Yevropaning mudofaa rejasi - kun dayjesti
Jahon | 13:59
-
Prezident advokatlar ishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga doir qonun loyihasini 3 oy ichida kiritishni topshirdi
O‘zbekiston | 13:43
Mavzuga oid

17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror

17:37 / 31.01.2025
“Bu ma’lumotni berib borishimiz kerak” – Nurmat Otabekov havo ifloslanishidan erta ogohlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish haqida

18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV

16:06 / 07.06.2024