O‘zbekiston | 00:18 / 27.07.2020
54116
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik o‘sish holatlari soni yana 600ga yaqinlashdi

26 iyul kuni O‘zbekistonda yana 579 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi va jami kasallanish holatlari soni 20531taga yetdi.

«Shu yilning 26 iyul kuni mamlakatimizda 579 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun respublikaning 8 hududida jami 579 holat aniqlandi. Bungacha qatorasiga uch kun davomida yangi holatlar soni 500dan kam bo‘layotgandi.

Profilaktika maqsadida va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida - 579 holat.

  • Toshkent shahrida 299 holat;
  • Toshkent viloyatida 150 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 31 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 29 holat;
  • Samarqand viloyatida 26 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 25 holat;
  • Andijon viloyatida 16 holat
  • Navoiy viloyatida 3 holat .

Tuzalganlar (+274)
Bugun 7 hududda jami 274 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 11105 nafarga yetdi.

  • Toshkent viloyatida 67 nafar;
  • Samarqand viloyatida 64 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 44 nafar;
  • Toshkent shahrida 44 nafar;
  • Andijon viloyatida 38 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 11 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 6 nafar.

O‘lim holatlari (+5)

  • Buxoroda 3 iyul kuni koronavirus aniqlangan 57 yoshli erkak vafot etdi;
  • Toshkentda 4 iyul kuni koronavirusga chalingani ma'lum bo‘lgan, 11 iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan 67 yoshli erkak vafot etdi;
  • Bekobodda 8 iyul kuni koronavirusga chalingani ma'lum bo‘lgan, 16 iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan 50 yoshli erkak vafot etdi;
  • Jizzaxda koronavirusga chalingan 64 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi;
  • Toshkent shahrida 9 iyuldan shahar 7-son tug‘ruq kompleksida, 17 iyuldan 3-son tug‘ruq kompleksida davolangan 32 yoshli homilador ayol vafot etdi.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 310 nafar bemordan 152 nafari og‘ir, 66 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 67 729 nafar, statsionar karantinda esa 26 317 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Mavzuga oid