Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasida Özbekiston Respublikasining «Aholi bandligi töğrisida»gi qonuni loyihasi muhokama qilindi. Ma'lum bölişiça, Qonun loyihasiga yangi «autstaffing» tuşunçasi kiritilmoqda.
Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi vakillarining ma'lum qilişiça, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining mazkur qonun muhokamasiga bağişlangan yalpi majlislarida Federatsiya vakillari iştiroki ta'minlanmagan.
Hozirda, qonunga autstaffing tuşunçasi kiritilişiga kasaba uyuşmalari e'tiroz bildirmoqda.
2020 yil 8 martda kuçga kirgan Özbekiston Respublikasining «Kasaba uyuşmalari töğrisida»gi Qonunining 28-moddasida «Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga daxldor bölgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar loyihalari majburiy tartibda tegişli kasaba uyuşmasi yoki kasaba uyuşmalari birlaşmasi bilan kelişib olinişi şart», deb belgilangan.
Şunga qaramasdan mazkur qonun talablariga rioya etilmagan holda kasaba uyuşmalari tomonidan «Aholi bandligi töğrisida»gi Qonuni loyihasi Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi roziligini olmasdan qabul qilingan va Oliy Majlis Senatiga kiritilgan.
Ma'lum bölişiça, mazkur qonun loyihasining Xalqaro mehnat taşkilotiga taqdim etilgan matnida ham «autstaffing» tuşunçasi mavjud bölmagan.
Xöş, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilişga mas'ul bölgan kasaba uyuşmalari nima uçun bu yangilikka qarşilik qilmoqda?
Huquqiy adabiyotlar va interent ma'lumotlariga köra, birorta yuridik şaxsning ştatdagi xodimi boşqa yuridik şaxs tomonidan (ştatga olmasdan) işga yollanişi (ya'ni xodimni ijaraga beriş) autstaffing hisoblanadi.
Autstaffingning ijaraga olingan (zayomnyy) mehnatdan farqi şundaki, autstaffing qöllanganda xodim boşqa iş beruvçining ixtiyoriga faqat uning öz roziligi bilan jönatiladi.
Autstaffing (ijaraga olingan mehnat kabi) xodimning emas, balki iş beruvçining manfaatini köproq himoya qiladi, çunki bu usul xodimlarni saqlab turiş xarajatlarini iqtisod qiliş imkonini yaratadi.
Autstaffing xodimlarining mehnat şaroitlari ştatdagi xodimlarnikidan ança yomon bölib, ularga pastroq iş haqi tölanişi ehtimoli ham yöq emas. Odatda qabul qiluvçi taşkilotda örnatilgan yuqoriroq mehnat standartlari (masalan, ustamalar, qöşimça tölovlar, rağbatlantiriş tarzidagi tölovlar, kompensatsiyalar va hokazolar) autsafferlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.











