
Qoraqalpoğiston Respublikasi Törtköl tumani tibbiyot birlaşmasi 2-son köp tarmoqli poliklinikasining bölim mudirasi iş jarayonida şaxsiy avtomobilini şu poliklinikada işlovçi farroşga tozalatdi.
Bu haqdagi surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgaç, mudira jarimaga tortildi.
Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyevning ma'lum qilişiça, Ye.B. Mehnat kodeksining 177-moddasi 2-qismi talablarini buzgan.
Şu bois tuman Davlat mehnat huquqi inspektori mudirani MJTKning 49-moddasiga asosan BHMning 5 baravari (1 mln 115 ming söm) miqdorida jarimaga tortdi.
Mehnat kodeksining 177-moddasi 2-qismiga köra, iş beruvçi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan işlarni bajarişni, qonunga xilof yoki xodim va boşqa şaxslarning hayoti va soğliği uçun xavf tuğdiruvçi, ularning şa'ni va qadr-qimmatini kamsituvçi harakatlar qilişni talab etişga haqli emas.







