2022 yilning 11 oyi davomida Özbekistonda işlab çiqarişdagi baxtsiz hodisalar oqibatida sodir bölgan ölim holatlari soni 229 tani taşkil qiladi. Bu haqda Kun.uz Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Ölim holatlari yuzasidan jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor şaxslar soni 194 nafar, ma’muriy javobgarlikka tortilgan mansabdor şaxslar soni 121 nafarga teng.

2018 yildan boşlab taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, ölim holatlari soni oşib borayotgani kuzatilmoqda. Misol uçun, 2018 yilda bunday holatlar soni 182 tani, 2019 yilda 199 tani, 2020 yilda 200 tani, 2021 yilda 238 tani taşkil qilgan.
















