Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusdan vafot etgan migrantlar jasadini olib kelish tartibi bo‘yicha izoh berildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov mehnat migratsiyasi davrida vafot etgan fuqarolarning jasadini olib kelish tartibi bo‘yicha ma'lumot berdi.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining «Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 713-sonli qarorida mehnat migratsiyasi davrida vafot etgan fuqarolarning jasadlarini va xorijda mehnat faoliyati vaqtida og‘ir tan jarohati olgan fuqarolarni bepul asosda O‘zbekistonga olib kelish belgilab qo‘yilgan.
Mehnat migrantining jasadini olib kelish masalasida marhumning yaqinlari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari yoki uning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin. Bunda zarur hujjatlar ilova qilinishi kerak bo‘ladi.
«Pandemiya davrida aviaqatnovlar cheklangani sababli Tashqi mehnat migratsiyasining xorijdagi vakolatxonalari O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik idoralari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birga yukni avtotranpsort vositalari orqali olib kelish joriy qilgan. Har bir murojaat bo‘yicha tashkiliy, huquqiy va logistik masalalar hal etilgach, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda yuk qabul qilib olinadi.
Shu jumladan, koronavirus natijasida vafot etgan marhumning ham jasadi olib kelinishi mumkin. Bunda jasad marhumning yaqin qarindoshlari ishtirokisiz, tibbiyot xodimlari nazoratida diniy udumlarga amal qilgan holda maxsus ajratilgan hududda dafn etiladi», deya Norovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
07:53 / 03.09.2025
Polshada mushkul ahvolda qolgan uch fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
15:22 / 02.09.2025
Rossiyadan 16 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:30 / 01.09.2025
Olmaotada mushkul ahvolda qolgan ona va ikki farzandi olib kelindi
08:23 / 01.09.2025