Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat soliq qo‘mitasi hisobot topshirmagan korxonalarni jarimaga tortish bo‘yicha kunlik reja belgilanganini rad etdi
Davlat soliq qo‘mitasining ma'lum qilishicha, hisobot topshirmagan va boshqa kamchiligi bor korxonalarga nisbatan ma'muriy choralar qo‘llanayotgani, soliq xodimlariga korxonalarni jarimaga tortish bo‘yicha kunlik reja belgilab berilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda soliq organlari «hisobot topshirmagan va boshqa kamchiligi bor korxonalar»ga nisbatan ma'muriy choralarni faol qo‘llayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarda shuningdek, «jarimalarning kunlik rejasi» haqida ham eslatib o‘tilgan. Davlat soliq qo‘mitasi mazkur xabar yuzasidan quyidagilarni ta'kidlaydi:
«Jarimalarning kunlik rejasi» haqidagi xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ma'muriy choralar qonun hujjatlarida belgilangan hisobot taqdim etish va soliqlarni to‘lash muddatlarini buzgan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
Soliq kodeksining 111-moddasiga muvofiq, Davlat soliq qo‘mitasi joriy yil may oyi uchun QQS hisobotini taqdim etmagan 3 375 tadbirkorlik sub'yektining hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatdi. Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 20 iyun (shanba) dam olish kuniga to‘g‘ri keldi, shu munosabat bilan soliq majburiyatlari – soliq hisobotini topshirish va may oyi uchun budjetga QQS to‘lash muddati 2020 yil 22 iyunga (dushanba) ko‘chirilgan edi.
Shunga qaramay, faoliyat yuritayotgan uch mingdan ziyod tadbirkorlik sub'yekti Soliq kodeksining 273-moddasida belgilangan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibini buzgan holda soliq majburiyatlarini bajarmagan. Soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetiga soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaganligi, shuningdek yuqorida keltirilgan sabablarni ko‘rsatgan holda ularning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatib turilishi mumkinligi to‘g‘risida bildirishnomalar yuborilgan edi», deyiladi qo‘mita axborot xizmati tomonidan e'lon qilingan axborotda.
Qo‘mita karantin tartiblari, shuningdek, QQS va boshqa bir qator soliqlar bo‘yicha hisobotlarni taqdim etishning muddatlari o‘tganligini inobatga olgan holda soliq to‘lovchilarning majburiyatlarini eslatib o‘tgan. Ta'kidlanishicha, soliq hisoboti soliq organlariga shaxs faqat soliq to‘lovchi deb e'tirof etiladigan soliqlar bo‘yicha Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda taqdim etilishi kerak.
Qayd etilishicha, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 175-moddasi birinchi qismiga muvofiq, soliqlarni, boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun zarur bo‘lgan soliq hisobotlarini, hisob-kitoblarni va boshqa hujjatlarni taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki belgilanmagan shaklda taqdim etish bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Prezident farmoni bilan joriy yilda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan hollarda soliq to‘lovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlarini besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirganlik uchun jarima solinmasligi belgilangan.
Mavzuga oid
13:50 / 16.08.2022
Tadbirkorlik sub’yektlarining aylanmasi 650 trln so‘mdan oshib, avvalgi yilga nisbatan 127,8 foizga o‘sdi
12:36 / 01.07.2022
Bekor bo‘layotgan imtiyozlar, yangi subsidiyalar – 1 iyuldan soliq ma’murchiligida nimalar o‘zgardi?
15:30 / 30.06.2022
Sherzod Qudbiyev yosh soliqchilar bilan uchrashuvda DSQda ishlash istagini bildirgan qizni ishga oldi
17:39 / 07.05.2022