Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada birinchi marta kunlik kasallanish holatlari soni mingdan ko‘proqni tashkil qildi
Yaponiyada kunlik koronavirusga chalinish holatlari soni birinchi marta mingtadan oshdi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Kunchiqar mamlakatda 29 iyulda 1133 kishida koronavirus aniqlangan. Bu haqda NHK teleradiokompaniyasi xabar berdi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, virusning ikkita asosiy tarqalish o‘chog‘i Tokio va Osaka shaharlarida qayd qilingan. Yaponiya poytaxtida bir kun ichida 250 nafar, Osakada esa 221 nafar kishida virus aniqlangan. Shuningdek, Xonsyu orolining shimolidagi Ivate prefekturasida ilk bor kasallanish holati qayd etilgan.
Yaponiya hukumati epidemiologik vaziyat yomonlashayotganiga qaramay, mamlakatda favqulodda vaziyat rejimini qayta kiritishni rejalashtirmayapti. Hukumat bunday bosiq munosabatni koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichlari pastligi va og‘ir ahvoldagi kasallar kamligi bilan tushuntirmoqda.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026