2020 yilning birinchi yarmida sodir etilgan qotillik jinoyatlarning har uchinchisi oila-turmush munosabatlari bilan bog‘liq – IIV
Ichki ishlar vazirligi tomonidan Senat qo‘mitasiga taqdim etilgan axborotda qayd etilishicha, 2020 yilning 6 oyi davomida sodir etilgan qotillik jinoyatlarning har uchinchisi, og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlarining 76 tasi oila-turmush munosabatlari bilan bog‘liq.
Senat axborot xizmatining xabar berishicha, 30 iyul kuni Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida Ichki ishlar vazirining 2020 yil 6 oyi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati bo‘yicha axboroti dastlabki tarzda eshitilgan.
«Oilalardagi notinchlik, nizolarning o‘z vaqtida hal etilmasligi mahalla faollari va keng jamoatchilikning e'tiboridan chetda qolganligi oqibatida o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilmoqda.
Jumladan, 2020 yilning 6 oyi davomida qayd etilgan qotillik jinoyatlarning har uchinchisi, og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlarining 76 tasi oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan.
Shu bilan birga, oilaviy nizolarga o‘z vaqtida barham berilmaganligi oqibatida 5 940 ta oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklar sodir etilib, ularning aksariyati, ya'ni 52,6 foizi Toshkent, Buxoro, Navoiy va Farg‘ona viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi», deyiladi Senat xabarida.
Qayd etilishicha, joriy yilda oila-turmush doirasida tazyiqqa uchragan xotin-qizlarning 2 776 nafariga “himoya orderi” berilgan.
Majlisda yoshlar bilan ishlashda hanuz ko‘plab muammolar saqlanib qolayotganligi, ularni bartaraf etishga yetarli darajada etibor qaratilmaganligi oqibatida joriy yilning 6 oyida respublikada qayd etilgan har to‘rtinchi jinoyat yoshlar tomonidan sodir etilgani ta'kidlandi. Shuningdek, ichki ishlar vazirining axboroti hududlardagi senatorlar va mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan ham muhokama etildi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida respublikada huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati bo‘yicha ichki ishlar vazirining axboroti ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Amaldagi tartibga ko‘ra, vazir bir yilda ikki marta parlement yuqori palatasida hisobot berishga majbur.
Mavzuga oid
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
14:07 / 12.09.2024