FIFA prezidenti Infantinoga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Shveytsariyada Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantinoga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishining tafsilotlari aniq emas. Tages-Anzeiger gazetasi xabariga ko‘ra, Infantino bilan bir qatorda Yuqori Vale kantoni bosh prokurori Rinaldo Arnoldga qarshi ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd qilinishicha Infantino va Arnold Shveytsariya bosh prokurori Maykl Lauber bilan xufyona uchrashuvlarni o‘tkazishgan. U avvalroq, iyul oyida o‘z lavozimini tark etgan edi. Uchrashuvlar FIFA tashkilotidagi korrupsiya ishini tergov jarayoni olib borilayotgan paytda yuz bergan.
2017 yil iyun oyida Shveytsariya prokuraturasi FIFA tashkilotidagi korrupsiya holatlarini tergov qilib, 25ta jinoyat ishini qo‘zg‘atgan edi. Tergov paytida pul yuvish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarga aloqador 178ta shubhali ma'lumot topilgan. O‘sha paytda bosh prokuror bo‘lib ishlagan Lauber gumondorlar nomini oshkor qilmadi. Ammo ma'lumotlarga ko‘ra, ularning qatorida FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter, sobiq bosh kotibi Jyerom Valke, shuningdek, Germaniyadagi JCh-2006 tashkiliy qo‘mitasi rahbari Frans Bekkenbauer bo‘lgan.
Ma'lumot o‘rnida aytish joiz, 2015 yili AQSh federal prokurorlari FIFAdagi korrupsiyaga doir jinoiy ish qo‘zg‘atgan, bu ish doirasida futbol olamidagi bir qator amaldorlar hibsga olinib, tashkilot prezidenti Zepp Blatter iste'fo bergandi. AQSh Adliya vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, FIFA ishi bo‘yicha tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
13:19 / 07.10.2024
Infantino va «futzal Pelesi» kelgan, Braziliyaning omadi chopgan finaldan eksklyuziv fotojamlanma
15:16 / 18.07.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston bir pog‘ona yuqoriladi, Ispaniya 3-o‘ringa ko‘tarildi
22:37 / 06.05.2024
FIFA futzal milliy jamoalarining reytingini yangiladi: O‘zbekiston jahonda 11-pog‘onaga ko‘tarildi
22:22 / 03.04.2024