Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat Andijon viloyatida texnopark tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qiladi
Andijon viloyatida axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan texnologik parkni tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan texnologik parkni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Qayd etilishicha, Andijon shahar Bobur shoh ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan Andijon axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji negizida Andijon “Digital City” texnoparki tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligining Texnopark binosi unga tutash hududi bilan birga qoldiq (balans) qiymati bo‘yicha Andijon viloyati hokimligiga davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi bilan beg‘araz o‘tkazib berish taklifiga rozilik beriladi.
Quyidagilar Texnoparkning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilanadi:
Andijon viloyatida axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surish, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish;
Texnopark rezidentlarini o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan yuqori texnologik infratuzilma va zamonaviy laboratoriyalar bilan ta'minlash, ularga moliyaviy, marketing, huquqiy va boshqa konsalting xizmatlari, shuningdek, biznes-akselerator xizmatlari ko‘rsatish;
Andijon viloyatida axborot texnologiyalari sohasida yangidan ish boshlagan va kichik korxonalarga startap-loyihalarni amalga oshirishda, innovatsiya faoliyati natijalarini tijoratlashtirishda, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida ko‘maklashish;
rezidentlarga loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishda, shu jumladan, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferini amalga oshirish orqali ko‘maklashish;
Andijon viloyatida axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar sinfini yaratish maqsadida yosh mutaxassislarni o‘qitishni tashkil etish;
Andijon viloyatining qishloq va suv xo‘jaligi, ta'lim, sog‘liqni saqlash, bank va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali hamda xorijiy davlatlarining texnoparklari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatgan holda viloyatda “raqamli tadbirkorlik”ni rivojlantirish;
axborot texnologiyalari bo‘yicha yetakchi mutaxassislar bilan sohaga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida uchrashuvlar, mahorat darslari, konferensiyalar, treninglar va axborot texnologiyalari bo‘yicha mavsumiy oromgohlarni tashkil qilish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan sinovdan o‘tkazishning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish, test savollari bazasini yuritish, tashkilot xodimlari bilimlari va ko‘nikmalari darajasining ishda kompyuter texnikasidan foydalanish bo‘yicha malaka talablariga muvofiqligini aniqlash,o‘qitish va malakasini oshirish;
xosting va virtual serverlar xizmatini ko‘rsatish maqsadida data sentr faoliyatini tashkil qilish.
O‘zbekistonda kompyuter va kibersport o‘yinlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda kompyuter va kibersport o‘yinlarini belgilangan tartibda tashkil etish.
Texnoparkining eksterritorialligi Andijon viloyati doirasida nazarda tutiladi va bunda amalga oshiriladigan loyihalarning ilmiy, texnologik va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hisobga olinib, uning rezidentlari Andijon viloyatining barcha hududlarida joylashtiriladi.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026