Bugun, 30 iyul kuni AOKAda ötkazilgan brifingda Musulmonlar idorasi raisi örinbosari Homidjon Işmatbekov Qurbon hayiti bilan boğliq vaziyat yuzasidan munosabat bildirdi.
«Uzoq yillik tajribalardan ma'lumki, yuqumli kasalliklar keng tarqalgan davrda eng ma'qul çora karantin çoralarini joriy qiliş bölgan. Bundan asosiy maqsad odamlar hayotini saqlaş va vabo keng tarqalişini çeklaşdan iborat. Ayni paytda mamlakatda joriy qilingan karantin tartib-qoidalari biroz noqulaylik tuğdirsa-da, foydali böladi», dedi Homidjon Işmatbekov.
Musulmonlar idorasi rasmiysi Qurbon hayiti va undan keyingi dam oliş kunlari ham transport çeklovlari örnatilgani yuzasidan ham munosabat bildirdi.
«Qurbonlik qilişdan asosiy maqsad Alloh yölida qon oqizib, taqvoni namoyiş qilişdir. Qurbonlik qiluvçi kişi bu işi bilan özining taqvosini namoyon qilar ekan, buni çiroyli odob, ixlos va e'tiqod bilan qilişi va bu yölda ayrim qiyinçiliklarga bardoş berişi kerak böladi.
Hozirgi kunda ayrim kişilar Qurbon hayiti transport harakatlari çeklanuvçi kunlarga töğri kelib qolgani uçun qurbonlik qilişga qiynalişini ma'lum qilib, murojaat qilmoqdalar. Aslida, uluğ ibodat qilişga hozirlangan kişi uni vazminlik bilan bajarişi talab etiladi. Eng muhimi, jonliq söyilişi bilan qurbonlik ado etilgan va uni qilgan şaxs qurbonlikni ado etgan hisoblanadi. Qurbonlik göştini tarqatiş esa mustahab, ya'ni yaxşi amal hisoblanadi. Bundagi imkoniyatlar biz öylagandan köproq», dedi Homidbek Işmatbekov.
Musulmonlar idorasi vakilining qayd etişiça, göştning hammasini tarqatiş, hammasini olib qoliş yoki keyinroq tarqatiş ham mumkin. Agar göştni tarqata olmasa ham, qurbonlik qiluvçi gunohkor hisoblanmaydi.
«Agar odamlar hayit kunlari kamxarj döst-birodarlari, yaqinlariga xursandçilik ulaşişni istasa, bu xayriyalarni hozirgi arafa kunida qilsa ham böladi», - dedi Homidjon Işmatbekov.
Şuningdek, Musulmonlar idorasi vakili qurbonlik örniga ehson qiliş mumkin yoki yöqligi haqidagi savolga ham javob berdi.
Qayd etilişiça, agar qurbonlik qilmoqçi bölgan kişining qurbonlik qilişi vojib bölsa, ya'ni u boy va zakot beriş darajasidagi mablağga ega bölgan kişi bölsa, u har qanday vaziyatda qurbonlik qilişi va buning bilan birga zakot berişi kerak böladi. Lekin özi hali zakot beriş darajasida mablağga ega bölmasdan turib, qurbonlik qilişni niyat qilib qöygan bölsa, bunday odam hali qurbonlik qilişi vojib emas, uning örniga mablağni muhtoj yoki kasal odamga berişning savobi uluğroq böladi.

















