Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e'lon qilinganini olqishladi
O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashda davom etadi.
O‘zbekiston muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e'lon qilinganini olqishladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining bayonotida aytiladi.
“Ushbu muborak kunlarda o‘t ochishning to‘xtatilishi afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini boshlash uchun zarur sharoit yaratishiga umid qilamiz.
O‘zbekiston barcha afg‘on tomonlarini mamlakatning tinch kelajagi yo‘lida ushbu ezgu maqsadga erishishda oqillik va konstruktiv yondashuv namoyish etishga chaqiradi”, - deyiladi TIV bayonotida.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, afg‘onlararo siyosiy jarayonni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda tinch va farovon Afg‘oniston barpo etishda har tomonlama yordam ko‘rsatishda davom etadi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026