Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seysmik risk xaritasi va mobil ilova, binolarning elektron texnik pasportlari yaratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Prezident qarori bilan, 2021 yil 1 apreldan boshlab:
respublikaning seysmik faol hududida joylashgan mavjud bino va inshootlar, shuningdek ko‘p qavatli turar joylarning seysmik zaifligini baholash uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlarni shakllantirish;
2021 yil 1 maydan boshlab yangi qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli bino va inshootlarning konstruktiv tizimi, qurilish maydonining seysmik darajasi, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar materiallarining mustahkamlik ko‘rsatkichlarini nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlarni shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda mazkur amaliyot joriy etilishi uchun mas'ul bo‘lgan tashkilotlar hisoblanadi.
Shakllantirilgan elektron texnik pasportlardan seysmik xavf prognozi mavjud bo‘lgan hollarda binolar va inshootlarning seysmik mustahkamligini o‘rganish, sodir bo‘lishi kutilayotgan zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish va uning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Qurilish vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:
2020 yil 1 dekabrga qadar bino va inshootlarni elektron texnik pasportlashtirish uslubiyotini ishlab chiqadi;
2021 yil 1 dekabrga qadar:
· mintaqaviy darajadagi seysmik xavfni baholashning ilmiy-uslubiy asoslarini, shuningdek O‘zbekiston hududining mayda masshtabli seysmik risk xaritasini ishlab chiqadi;
· kuchli zilzilalarni o‘z vaqtida prognoz qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish hamda tegishli profilaktik chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida mayda masshtabli seysmik risk xarita bazasida dasturiy ta'minotni yaratadi va aholi xabardorligini doimiy ta'minlab boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvarga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining seysmik va kompleks prognostik stansiyalari bilan prognoz ma'lumotlar almashinuvi jarayoniga avtomatlashtirilgan tizimni joriy etadi;
Fanlar akademiyasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2020 yil yakuniga qadar Markaziy Osiyo hududida seysmik xavf-xatarni prognoz qilish masalasi yuzasidan qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Fanlar akademiyasi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda:
· 2021 yil 1 aprelga qadar fuqarolar uchun zilzila vaqtida tegishli harakat va tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmani;
· mahalliy xomashyodan xususiy uylarni (individual binolarni) qurishda elementar seysmik mustahkamlik choralarini ko‘rish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmani ishlab chiqadi va aholi o‘rtasida keng targ‘ibot tadbirlarini amalga oshiradi;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 aprelga qadar:
· aholiga sodir bo‘lgan zilzila bo‘yicha to‘liq ma'lumotlar yetkazilishini ta'minlovchi mobil ilovani yaratadi;
· O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining rasmiy veb-sayti, ma'lumotlar bazasi va mobil ilova o‘rtasida tezkor ma'lumotlar almashinuvi integratsiyasini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda:
· 2020 yil 1 noyabrga qadar barcha suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining seysmik mustahkamlik holatini baholash bo‘yicha ekspress uslubiyotni ishlab chiqadi;
· 2021 yil 1 iyunga qadar suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining seysmik zaifligini baholash pasportlarini shakllantiradi va ularning aniqlangan seysmik zaifligini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda muhokama qilish va tasdiqlash uchun Kengashga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi — Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda:
2020 yil 1 dekabrga qadar sohadagi malakali mutaxassis va olimlarni jalb qilgan holda «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash to‘g‘risida»gi qonun loyihasini;
2021 yil 1 martga qadar 2030 yilgacha bo‘lgan muddatda Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda «El-yurt umidi» jamg‘armasi bilan birgalikda ikki oy muddatda seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasiga xalqaro tashkilotlar grantlarini jalb qiladi, shuningdek soha mutaxassislari uchun xorijiy mamlakatlarda o‘qish, stajirovka o‘tash va malaka oshirishni tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan muddatlarda:
· Jamg‘arma faoliyatini tashkil etadi;
· respublikaning seysmik faol hududida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarini doimiy amalga oshirish tizimini yaratishni hamda bunga mas'ul tashkilotlarni zarur asbob-uskunalar bilan ta'minlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorlarini qabul qiladi;
· Laboratoriya faoliyatini to‘liq tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ayrim asbob-uskunalar bilan; Fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutini bino bilan ta'minlash choralarini ko‘radi;
· O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026