Seysmik xavfsizlikni ta'minlash tizimini takomillashtirish dasturi tasdiqlandi - Prezident qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida seysmik xavfsizlikni ta'minlash tizimini takomillashtirish dasturi tasdiqlangan.
Seysmik xavfsizlikni ta'minlashning asosiy yo‘nalishlari belgilab olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi PQ–3190-son qarori bilan tasdiqlangan Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi bo‘yicha idoralararo ilmiy-texnik kengashga Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash vazifasi yuklandi.
Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi zarur choralarni ko‘rishga mas'ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organi etib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tarkibida Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasini muvofiqlashtirish sho‘'basi tashkil etilishi hamda sho‘'baning asosiy vazifalari belgilangan.
Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida yuridik shaxs tuzmagan holda Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etiladi. Jamg‘arma, jumladan, ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar ajratadi, respublika aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash sohasiga raqamlashtirilgan texnologiyalarni joriy etish, seysmik chidamli qurilish bo‘yicha milliy dasturlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtiradi.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini «Muhandislik seysmologiyasi» ta'lim yo‘nalishi va mutaxassisligi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini «Seysmologiya va seysmometriya» ta'lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yuzasidan bazaviy oliy ta'lim muassasalari etib belgilanmoqda.
Turin politexnika universiteti qoshida Bino va inshootlarni eksperimental tadqiq qilish ilmiy-texnik laboratoriyasi tashkil etiladi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024
Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi
07:15 / 24.07.2024