- Şukrullo Hamidullayeviç, Özbekiston orada neça yil hokkeysiz yaşadi?
- Özbekistonda hokkey sport turi va oxirgi jamoamiz 1986 yili tarqalib ketgandi. Şundan keyin bu sport turi ham deyarli faoliyat yuritmadi. Qariyb 30 yil deganda “Humo” arenasi qurilişi bilan hokkey yana qaytdi. Hozirgi kunda “Semurğ”, “Humo”, “Toşkent”, “Binokor” kabi bir neçta klublar faoliyat yuritmoqda. Bundan taşqari 7-10 yoşli bolalar örtasida ham guruhlar taşkil qilingan bölib, ularni hozirdan tarbiyalaşni közlaganmiz.
- Tarixga nazar soladigan bölsak SSSR davrida hokkey qay darajada edi?
- 70-yillarda “Yubileynaya” muz saroyi qurilgan bölsa, 10 yoşimdan qatnaşa boşlaganman. Lekin hozirgi kunda jahon tajribasini olib qaraydigan bölsak, bu keç sanaladi. Ya'ni 5-6 yoşdan beriş kerak. 1973 yil Özbekistonda birinçi marta “Oltin şayba” musobaqasi ötkazildi. Öşa paytda 104ta jamoa yiğilgan. 1976 yildan mahalliy öyinçilar çiqişni boşladi. 1988 yilga kelib “Oltin şayba” turniri töxtatilgandi.
- “Binokor” jamoasida öynagansiz. Öşa paytda klubda mahalliy sportçilarning örni qanday bölgan?
- 1976 yildan boşlab 4-5 yil içida mahalliy sportçilar çiqa boşlagan. 1983-85 yillarga borib, jamoa safini 75-80 foiz mahalliy öyinçilar taşkil etgandi.
- Qariyb 30 yil davomida Özbekistonda hokkey sport turi bölmadi. Bu vaqt içida hokkeyçilarni tayyorlaydigan tizim ham yöq edi. Özbekiston yana hokkeyni noldan boşlayapti. Bu jarayon qanday ötayapti?
- 2019 yilda bir qator taşkilotlarning taşabbusi bilan Jismoniy tarbiya universitetida qişki sport turlari fakulteti oçildi. Oldin bunaqasi bölmagan. Aynan mana şu fakultetda hokkey sport turi ham bor. Ular öqişni bitirganidan söng respublikamizning boşqa joylarida qurilayotgan muz saroylarida murabbiy sifatida faoliyat olib borişadi.

- Hozirgi kunda respublikamizda neçta tögarak bor va neça nafar yigit-qizlar şu sport turi bilan şuğullanmoqda?
- 6ta maktab faoliyat körsatyapti va qariyb 500 nafar öquvçilar tahsil olişmoqda. Bu maktablar ayni paytda asosan Toşkent şahrida işlamoqda.
















