Sport | 15:22 / 30.12.2021
6881
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada o‘tkazilayotgan hokkey bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati koronavirus sababli to‘xtatildi

IIHF prezidenti Lyuk Tardif federatsiya chempionatni 2022 yil yozida o‘tkazishga harakat qilishini aytdi.

Foto: AP

IIHF Kanadaning Edmonton va Red-Dir shaharlarida o‘tkazilayotgan hokkey bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatini muddatidan oldin to‘xtatdi.

Bu qaror Rossiya terma jamoasida koronavirusga qarshi test musbat chiqqanidan so‘ng qabul qilindi. Natijada Slovakiyaga qarshi o‘yinda rossiyaliklarga texnik mag‘lubiyat yozildi.

Avvalroq Finlandiyaga qarshi o‘yinda Chexiya termasiga texnik mag‘lubiyat yozilgandi. Bunga Chexiya jamoasidagi hokkeychilardan  birida koronavirus aniqlangani sabab bo‘ldi.

Xuddi shunday sabab bilan Shveytsariya bilan o‘yinda AQSh jamoasi ham texnik mag‘lubiyatni qabul qilgandi.

IIHF prezidenti Lyuk Tardif federatsiya chempionatni 2022 yil yozida o‘tkazishga harakat qilishini aytdi.

"Biz bu musobaqani bekor qildik, ammo yanvardan yangisini tashkil etish ustida ish boshlaymiz. Turnir iyunda bo‘lib o‘tishi mumkin", - dedi Tardif.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid