Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistondagi teraktda 17 kishi halok bo‘ldi
Afg‘onistonning Lohar viloyatida 31 iyul erta tongda kuchli bomba portlashi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Hujum terrorchi-xudkush tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda AFP axborot agentligiga viloyat gubernatori matbuot kotibi Didar Lavang ma'lum qildi.
Portlash mahalliy aholi Qurbon hayiti munosabati bilan bayram xaridlarini amalga oshirish uchun yo‘nalayotgan vaqtda mahalliy hokimiyat binosi yonidagi ko‘chada amalga oshirilgan.
Terakt mamlakatda “Tolibon” harakati tomonidan hayit bayrami munosabati bilan e'lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kiritilgandan keyin sodir etildi. Avvalroq, toliblar va Afg‘oniston hukumati uch kunga o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgandi. “Tolibon” vakili Zabihulla Mujohid guruhning ushbu teraktga hech qanday aloqasi yo‘qligini ma'lum qilgan.
Rasmiy Kobul va “Tolibon” o‘rtasidagi tinchlik bo‘yicha muzokaralar asirlarni ayirboshlashdagi kelishmovchiliklar sababli noma'lum muddatga qoldirilgan. Hukumat panjara ortida ushlab turgan 5 ming tolibni mamlakat xavfsizlik xizmatining toliblar tomonidan asirda ushlab turilgan ming xodimiga almashish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. 30 iyulda Afg‘oniston hukumati 4400 dan ko‘proq tolibni, “Tolibon” esa 1005 afg‘on harbiysini ozod qilganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026