Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada karantin cheklovlarini yumshatish jarayoni to‘xtatildi
1 avgustdan sport markazlari, bouling-klublar, kazino, kosmetologiya salonlari ish boshlashi lozim edi. Shuningdek, ayrim teatrlar spektakllar namoyishini boshlashni rejalashtirgandi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli karantin cheklovlarini yumshatish jarayoni to‘xtatilganini e'lon qildi.
"Milliy statistika byurosining bugungi ma'lumotlari koronavirus tarqalishi may oyidan buyon ilk marta yana o‘sa boshlaganidan darak bermoqda, bu ma'lumotlarni inkor eta olmaymiz. Virusni nazorat ostida ushlab turish uchun tormozni bosishimiz kerak. Cheklovlarni yumshatish rejasini kamida ikki haftaga ortga suramiz", - dedi Jonson.
Hukumatga maslahat beruvchi ilmiy kengash fikricha, Angliyada koronavirus tarqalish koeffitsiyenti ko‘rsatkichi ko‘tarilishi, kasallanish holatlari o‘sishi mumkin.
1 avgustdan sport markazlari, bouling-klublar, kazino, kosmetologiya salonlari ish boshlashi lozim edi. Shuningdek, ayrim teatrlar spektakllar namoyishini boshlashni rejalashtirgandi. Bundan tashqari, to‘ylarni 30 kishigacha o‘tkazishga ruxsat berilishi ko‘zda tutilgandi. Bularning barchasi yana ikki haftaga kechiktirildi.
Oxirgi sutkada Buyuk Britaniyada 846 kishida virus aniqlangan, bu bir oy ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Jami kasallanganlar soni 302 mingdan oshgan, vafot etganlar 46 mingga yaqinlashmoqda.
Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026