Jahon | 18:33 / 01.08.2020
5199
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga niqob taqmaslikka ruxsat berildi

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Tsoy niqob taqish barcha uchun majburiy ekanligini aytgandi.

Foto: nur.kz

 Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri majburiy niqob taqish to‘g‘risidagi buyrug‘iga o‘zgartirish kiritdi, deb yozadi Tengrinews.kz.

 Qayd etilishicha, endilikda besh yoshgacha bo‘lgan bolalar jamoat joylarida, jamoat transportida tibbiy niqob taqmasligi mumkin.

Bundan tashqari, ochiq havoda ijtimoiy masofa saqlagan holda sport bilan shug‘ullanayotganlar uchun ham niqob taqish majburiy emas deb belgilandi.

 Qozog‘istonda 30 iyuldan ko‘chada niqob taqish majburiy etib belgilangandi.

 Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Tsoy ushbu qoida barchaga birdek taalluqli ekanligini aytgandi.

Yaponiyalik shifokorlarning fikricha, uch yoshgacha bo‘lgan bolalar himoya niqobi taqishlari mumkin emas – niqob ularning sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Mavzuga oid