Özbekiston Boş prokuraturasi röyxat asosida ehtiyojmand oilalarga bir martalik yordam puli tarqatilişi jarayonida qonunbuziliş holatlari kuzatilayotganiga oid ijtimoiy tarmoqlarda paydo bölgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Unda qayd etilişiça, «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni ijrosini töla ta'minlaş maqsadida maxsus ştab tuzilib, aniq tadbirlar belgilangan va hududiy prokurorlarga alohida topşiriqlar yuborilgan.
«Prokuratura organlari tomonidan bu borada amalga oşirilayotgan işlar, şu jumladan belgilangan pul mablağlarining töliq va öz muddatida manzilli yetkazilişi alohida nazoratga olindi, qonunbuzilişi holatlari aniqlangan taqdirda qa'tiy çoralar körilişi ta'minlanadi», – deyiladi bayonotda.
Mahkama bunday holatlar kuzatilgan taqdirda fuqarolardan tegişli hudud prokuraturasiga murojaat qilişni söramoqda.
Murojaat uçun telefonlar:
- Andijon viloyat prokuraturasi – 74 227-1007
- Buxoro viloyat prokuraturasi – 65 221-1007
- Jizzax viloyat prokuraturasi – 72 226-1007
- Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi – 75 228-1007
- Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi – 61 222-1007
- Navoiy viloyat prokuraturasi – 79 210-1007
- Namangan viloyat prokuraturasi – 69 227-1007
- Samarqand viloyat prokuraturasi – 66 231-1007
- Sirdaryo viloyat prokuraturasi – 67 235-1007
- Surxondaryo viloyat prokuraturasi – 76 223-1007
- Toşkent şahar prokuraturasi – 71 202-1007
- Toşkent viloyat prokuraturasi – 71 230-1007
- Farğona viloyat prokuraturasi – 73 244-1007
- Xorazm viloyat prokuraturasi – 62 226-1007
«Prokuratura organlari har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinişini ta'minlaydi va fuqarolarimizdan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmaslikni sörab qoladi.
Boş prokuratura aholi orasida yolğon, haqiqatga töğri kelmaydigan va vahima çiqarişga qaratilgan ma'lumotlar va materiallarni har qanday şaklda tarqatiş uçun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatadi!» – deya ta'kidlangan Boş prokuratura axborotida.













