O‘zbekiston | 12:00 / 05.11.2025
1916
1 daqiqa o‘qiladi

E-tergov axborot tizimi joriy etiladi: jinoyat ishlari elektron shaklga o‘tadi

Prezident farmoniga (PF–204) muvofiq, prokuratura organlarida E-tergov axborot tizimi joriy etiladi. Tizim jinoyat ishi yurituvini to‘liq raqamlashtirish, sud ekspertizasini onlayn tayinlash va moddiy zararni hisobga olish hamda undirish jarayonlarini monitoring qilishga xizmat qiladi.

Foto: iStock

Farmonga ko‘ra, E-tergov'ning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • jinoyat ishi yurituvining barcha bosqichlarini elektron shaklga o‘tkazish;
  • sud ekspertizasini onlayn rejimida tayinlash va muvofiqlashtirish;
  • moddiy zararni hisobga olish, undirish va monitoring qiluvchi raqamli konturni shakllantirish.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2026-2027 o‘quv yilidan “Kiberhuquq” bakalavriati joriy etiladi (kunduzgi ta’lim, o‘qish muddati — 4 yil).

Bosh prokuraturaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi negizida Bosh prokuraturaning Raqamli texnologiyalar markazi tashkil etiladi.

E-tergov orqali tergov va prokuror nazorati jarayonlari shaffof, tizimli va tezkor bo‘ladi, inson omili ta’siri kamayadi, hujjat aylanmasi raqamlashtirilib, qonunbuzilishlarni ilk bosqichda aniqlash imkoniyatlari kengayadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid