“Raqamli prokuratura – 2030” strategiyasi doirasida quyidagi yangiliklar amalga oshiriladi:

  • E-tergov axborot tizimi ishga tushirilib, jinoyat ishlarini yuritish jarayonlari to‘liq elektron formatga o‘tkaziladi;
  • sud ekspertizasi onlayn tarzda tayinlanadi; moddiy zararlarni hisobga olish va undirish bo‘yicha monitoring yo‘lga qo‘yiladi.

2026-2027 o‘quv yilidan Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 4 yillik “Kiberhuquq” bakalavriat yo‘nalishi ochiladi.

Raqamli texnologiyalar markazi prokuratura organlarida IT infratuzilmasini rivojlantirish, tizimlararo integratsiya, ma’lumotlar xavfsizligi va foydalanuvchi qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini markazlashtiradi.

Ushbu chora-tadbirlar tergov jarayonlarining shaffofligi va tezkorligini oshirish, ma’lumot almashuvida inson omili va qog‘ozbozlikni kamaytirish hamda fuqarolar murojaatlari va ish yuritishda samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan.