Dunyodagi eng yosh bosh vazir turmushga chiqdi

Foto: Instagram/sannamarin
Finlyandiya bosh vaziri Sanna Marin o‘z mahbubi bilan munosabatlarini nikoh to‘yi bilan mustahkamlashga qaror qildi.
Dunyodagi eng yosh bosh vazir hisoblanuvchi Marin futbolchi Markus Raykkonenga turmushga chiqdi. E'tiborlisi, Marin o‘z turmush o‘rtog‘i bilan 16 yildan beri fuqarolik nikohidan o‘tgan holda yashab keladi.
Tantanali marosim bosh vazir qarorgohida 1 avgustda bo‘lib o‘tgan. Unga juftlikning yaqin qarindoshlari va tanishlari, jami 40 kishi taklif etilgan.
Juftlik 2 yoshli qiz farzandni tarbiyalab keladi.
Finlyandiya parlamenti 34 yoshli Marinning nomzodini bosh vazir lavozimiga 2019 yil 10 dekabrda ma'qullagandi. Uning nomzodini 99 deputat qo‘llab-quvvatlagan, 77 deputat qarshilik bildirgan. Natijada Marin dunyodagi va Finlyandiya tarixidagi eng yosh bosh vazirga aylangan. Bungacha dunyodagi eng yosh bosh vazir nomi Ukraina bosh vaziri, 35 yoshli Aleksey Goncharukka tegishli bo‘lgan.
Umuman olganda, Sanna Marin hukumatida ayollar ko‘pchilikni tashkil qiladi: 19 vazirdan 12 nafari ayol kishilardir. Shuningdek, Finlyandiyaning eng yirik besh partiyasidan to‘rttasiga ayollar yetakchilik qiladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Fordo endi yo‘q» – AQSh Erondagi yadroviy obektlarga zarba berdi
Jahon | 06:21
-
Braziliyada havo shari qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
Jahon | 06:02
-
Eron prezidenti mamlakatning yadroviy dasturdan voz kechmasligini aytdi
Jahon | 02:11
-
Pavel Durov o‘z boyligini 100 dan ortiq farzandlari orasida taqsimlaydi
Jahon | 00:50
Mavzuga oid

15:21 / 20.05.2025
Finlyandiya Rossiya aktivlaridan daromad hisobiga Kiyevga qurol yetkazib beradi

12:22 / 05.03.2025
Tatuirovka teri saratoniga sabab bo‘lishi mumkin

22:25 / 24.11.2024
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi

23:18 / 23.11.2024