Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tug‘ruqxonaga kelgan homiladorlardan test natijasini talab qilish mumkin emas – shtab a'zosi
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi azosi Barno Abdusamatova tug‘ruqxonaga kelgan homiladorlarni qabul qilish uchun virusga topshirilgan test natijasini talab qilish mumkin emasligini ma'lum qildi.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda epidemiologik vaziyatda homiladorlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha ma'lumot berildi.
«Tug‘ruqxonaga kelgan homilador ayolni qabul qilish uchun undan koronavirusga topshirilgan test natijasini talab qilish mumkin emas. Har bir homilador ayolga yordam ko‘rsatish zarur, ularning sharoitida vaqtni o‘tkazib yubormaslik kerak. Shuning uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘iga asosan, har bir tug‘ruqxonaga homilador ayollar test natijalarisiz qabul qilinishi shart.
Shuningdek, homilador ayolda koronavirus bo‘lgan taqdirda, yangi tug‘ilgan chaqaloq tug‘ruqdan 12-24 soat o‘tgach, koronavirus infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tkaziladi. Natijalarni tasdiqlash uchun takroriy test 24 soatdan keyin amalga oshiriladi. Tekshiruv uchun biomaterial sifatida burun-halqum yoki og‘iz-halqumdan surtma olinadi», dedi Barno Abdusamatova.
Ma'lum qilinishicha, mavjud epidemiologik sharoitda homilador ayolning yaqinlari tug‘ruq jarayonida hamrohlik qilishi mumkin emas.
«Tug‘ruq vaqtida hamrohlik normal sharoitlarda ma'qullansa ham, epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, bu cheklanishi kerak.
Homiladorlik patologiyasi va tuqqan ayollar bo‘limlariga tashriflar ham cheklanishi lozim. Homilador ayollarga oila a'zolari va yaqinlari bilan aloqada bo‘lish uchun turli videoaloqa vositalaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Ushbu choralar kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida qo‘llanadi», deya Abdusamatovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
14:05 / 13.06.2026
Juda issiq ob-havo homiladorlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?
11:33 / 16.08.2025
Xitoyda sun’iy bachadonli birinchi robot ixtiro qilindi
21:59 / 18.06.2025
AQShda bir necha hafta oldin vafot etgan ayolning farzandi tug‘ildi
06:22 / 21.02.2025