Andijonda yoqtirgan qizi uchun janjallashgan yigit bir insonning hayotiga zomin bo‘ldi
Jinoyat ishi JKning 104-moddasi 1-qismidan 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.
Andijon viloyatida 18 yoshli O.N. o‘zining yaxshi ko‘rgan qiziga gap otganligi uchun 30 yoshli J.O‘. bilan o‘zaro janjallashganligi oqibatida 2020 yilning 25 iyul kuni soat 22:30da Asaka tumani Qipchoq MFY hududida O.N. qo‘lida bo‘lgan temir bo‘lagi bilan J.O‘.ning bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada J.O‘. og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida, O.N. tomonidan J.O‘.ga tan jarohati yetkazilgan bir dona temir bo‘lagi ashyoviy dalil tariqasida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha O.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan.
Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan J.O‘. joriy yilning 27 iyul kuni shifoxonada vafot etgan.
Jinoyat ishi JKning 104-moddasi 1-qismidan 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) qayta malakalangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
18:26 / 16.09.2024