Ispaniyaning sobiq qiroli moliyaviy mojaro ortida vatanini tark etishga qaror qildi
Ispaniyaning sobiq qiroli Xuan Karlos I u bilan bog‘liq moliyaviy mojaro sababli Ispaniyani tark etmoqchiligini ma'lum qildi.
Associated Press axborot agentligining xabar berishicha, sobiq qirol ushbu qarori haqida o‘z o‘g‘li, amaldagi qirol Felipe VI’ga maktub orqali xabar qilgan. Qirollik devonxonasida Xuan Karlos aynan qaysi davlatga va qachon ketishiga aniqlik kiritilmagan. U bu qarorni ixtiyoriy ravishda qabul qilganini ma'lum qilgan. Felipe VI esa otasiga bunday qadam uchun minnatdorlik bildirgan.
2014 yilda taxtdan voz kechgan Xuan Karlosga nisbatan Ispaniya va Shveytsariyada korrupsiyaga qarshi tergovlar olib borilmoqda. Bir yil avval Ispaniya oliy sudi sobiq qirolga nisbatan tergov boshlagan. Xuan Karlos 2008 yilda Saudiya Arabistonining sobiq podshohi Abdullohdan 76 mln yevro (boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, 100 mln dollar) olganlikda gumon qilina boshlangan. Hozirda prokuratura bu to‘lovlar 2011 yilda ispan kompaniyalariga tekkan, Makka va Madina o‘rtasida tezkor temir yo‘l qurish shartnomasi bilan bog‘liqligi yoki yo‘qligini tekshirmoqda.
Ispaniya qirollik saroyi amaldagi qirol Felipe VI otasi bilan bog‘liq moliyaviy firibgarliklardan xabari borligini rad etgan.
Ushbu mojarodan keyin Felipe VI otasining boyligini meros qilib olishdan bosh tortgan va otasiga sobiq qirol sifatida belgilangan stipendiyani (yiliga 228 ming dollar) bekor qilgan.
Mavzuga oid
21:44 / 12.11.2024
Ispaniyaning qator hududlari kuchli yog‘ingarchilik xavfidan ogohlantirildi
14:30 / 12.11.2024
RF xavfsizlik kuchlari Ispaniyada uchuvchini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda
17:58 / 10.11.2024
Ispaniyada ommaviy norozilik namoyishlari: aholi Valensiya hukumati iste’fosini talab qilmoqda
22:04 / 06.11.2024