Koronavirus bilan kasallanganlarning 26 nafari o‘ta og‘ir ahvolda – Toshkent viloyati SSB
Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiniing xabar berishicha, viloyat hududida koronavirusga chalingan 873 nafar bemor davolanmoqda, ularning 26 nafari o‘ta og‘ir, 35 nafari esa og‘ir ahvolda.
«Pandemiya boshlangandan buyon Toshkent viloyatida 3884 nafar shaxsning koronavirusga chalingani aniqlangan. Shu paytgacha 2995 nafar shaxs kasallikdan sog‘aygan. Ayni paytda 873 nafar bemor davolanmoqda. Hozirgacha 16 nafar bemor kasallik asoratlari tufayli vafot etgan.
4 avgust kuni 125 ta yangi holat aniqlangan bo‘lib, ularning barchasi aholi orasidan chiqqan. Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlarning 26 nafari o‘ta og‘ir, 35 nafari og‘ir, 148 nafari qoniqarli ahvolda. Alomatlarsiz uy sharoitida davolanayotganlar 664 nafarni, pnevmoniya holatidagilar 102 nafarni tashkil etadi», deya viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘raqul Orziqulovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilishicha, koronavirusdan davolanayotganlarning 664 nafari uy sharoitida, 209 nafari esa statsionar sharoitda saqlanmoqda. Jumladan, Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida – 41, Olmaliq shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida – 65, Qibray tumani markaziy shifoxonasida – 43, Bekobod tumani «Metallurg» shifoxonasida – 34, Qibray tumanidagi «HAYAT HOSPITAL» xususiy klinikasida – 4, «Nazarbek» ixtisoslashgan markazida – 17, respublika muassasalarida – 5) nafar Toshkent viloyatida doimiy yashovchi bemorlar davolanmoqda.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra COVID-19 bilan kasallangan va gumon qilingan fuqarolarni davolash uchun viloyatning tibbiy muassasalarida 5317 ta shifo-o‘rinlari mavjud bo‘lib, ayni paytda davolanayotgan 873 ta bemor to‘liq joylashtirilgan taqdirda 15 foiz joy band bo‘ladi. Kasallanganlarni davolash uchun qo‘shimcha 660 ta shifo-o‘rinlarini tayyorlash, kislorod tarqatish nuqtalari bilan ta'minlash choralari ko‘rilmoqda. Shundan 340 ta o‘rin Yangiyo‘l tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasida va 320 ta Chirchiq shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024
Toshkent viloyatida “zakladchiklar” qo‘lga olindi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024