Ta'kidlanişiça, bugungi kunda nazorat-kassa texnikalarining yangi avlodi – onlayn nazorat-kassa maşinalari (NKM) va virtual kassalar joriy etilmoqda. Ayni paytda Özbekiston böylab qariyb 34 mingta onlayn NKM va virtual kassa örnatilgan. Biroq iste'molçilar bilan hisob-kitob jarayonida ularning 14 128 tasidan foydalanilmayapti.
«Ya'ni 40 foizdan ziyod tadbirkorlik sub'yektlari amaldagi qonunlarga böysunmasdan, aholi bilan özaro hisob-kitoblarda hatto mazkur onlayn texnikani örnatgan bölsa ham onlayn nazorat-kassa maşinasi yoki virtual kassa tizimidan foydalanmayapti.
Bu – iste'molçilar huquqlarini qöpol ravişda buzişdir, çunki tovar (iş, xizmat)lar uçun haq tölaş şakli hamda tartibi belgilangan», – deyiladi DSQ axborotida.
Eslab ötilişiça, «Iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi Qonunning 10-moddasiga asosan, tovarni kassa yoki tovar çekini bermasdan sotiş taqiqlanadi. Bu haqda tadbirkorlik sub'yektlari xabardor etilgan.
«Iste'molçilar dorixonalarda, savdo nuqtalarida yoki avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalarida plastik karta orqali xaridni amalga oşirganda tölov terminallari çeklarini olişadi. Uşbu çeklarda xarid töğrisida batafsil ma'lumotlar bölmaydi, masalan, tovarlar (iş yoki xizmat) nomi, miqdori, narxi, qöşilgan qiymat soliği summasi, QR kod.
Bu ma'lumotlarning barçasi onlayn nazorat-kassa maşinalari çekida aks ettiriladi. Biroq, bunday çeklarni köpçilik tadbirkorlar taqdim etmayapti.
Demak, alkogol va tamaki mahsulotlari, dori-darmon, avtomobillarga benzin, dizel yoqilğisi va gaz yoqilğisi savdosi bilan şuğullanuvçi bunday tadbirkorlik sub'yektlari ongli ravişda foydasini yaşirişni maqsad qilgan. Tovarlar va davlat budjeti tuşumlarining töğri hisobga olinmasligi mamlakat iqtisodiyotiga tuzatib bölmas zarar yetkazadi. Noinsof tadbirkorlar xufiyona ravişda qonunlarni çetlab ötadi», – ta'kidlangan qömita axborotida.
DSQ huquqbuzarlarga ta'sir körsatadigan eng samarali çoralardan biri jamoatçilik nazorati ekanini qayd etib, iste'molçilarga tegişli qonunçilik talablarini eslatib ötgan.
Unga köra, 2020 yil 1 yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlari, dori-darmon, avtomobillarga benzin, dizel yoqilğisi va gaz yoqilğisi savdosi bilan şuğullanuvçi barça tadbirkorlik sub'yektlari uçun onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalaniş








