Rossiyaning eng boy tadbirkori o‘zgardi
Oltin narxining keskin ko‘tarilishi natijasida rossiyalik tadbirkor Suleyman Kerimovning boyligi 24,7 milliard dollarga yetdi. Natijada u Rossiyaning eng boy tadbirkorlari ro‘yxatida peshqadam bo‘lib oldi.

Forbes Real-Time reytingi ma'lumotlariga ko‘ra, 5 avgust holatiga Dog‘istonlik senator Suleyman Kerimovning boyligi 24,7 milliard dollarga yetgan. Natijada u 24,6 milliard dollarga ega Vladimir Potanindan o‘zib, peshqadamga aylangan. Ro‘yxatning uchinchi pog‘onasida 21,9 milliard dollarga ega Vladimir Lisin turibdi.
Kerimovlar oilasi tarixda ilk marotaba Forbes reytingining eng yuqori cho‘qqisiga chiqib olmoqda. Ularning boyligini asosiy qismini Rossiyadagi eng yirik oltin qazib oluvchi «Polyus» kompaniyasi aksiyalari tashkil qiladi. Ularning 76,8 foizi senatorning o‘g‘li Said Kerimovga tegishli. Uning qo‘lidagi aksiyalar hozirgi kunda 25,6 milliard dollarga baholanyapti. Ammo Kerimovning boshqa aktivlari va qarzlari ham bor. Shu tufayli, uning boyligi 24,7 milliard dollarga baholangan.
Saiddan (1995 yilda tug‘ilgan) boshqa Suleyman Kerimovning yana ikki nafar farzandi bor — Gulnora (1990) va Amina (2003).
Kerimovlar oilasining Forbes reytingi yuqori cho‘qqisiga chiqishiga «Polyus» aksiyalari narxining keskin ko‘tarilishi sabab bo‘lgan. 5 avgust kungi savdolarda qimmatli qog‘ozlarning qiymati 4 foizga oshgan va har birining narxi 18130 rublga yetgan. Yil boshidan hisoblaganda esa kompaniya deyarli 2,5 barobar qimmatlagan. Bu davr mobaynida oltin 34 foizga qimmatlab, troy unsiyasining narxi 1521 dollardan 2043 dollarga ko‘tarilgan.
O‘tgan oyda Forbes rossiyalik tadbirkorlar orasida Kerimovlar oilasi yil boshidan beri eng ko‘p boyiganini, ularning boyligi 10 milliard dollardan 18 milliard dollarga yetganini qayd qilgan edi. Hozirgi vaqtda esa bu qiymat 14,7 milliard dollar ekani oydinlashdi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Top-menejerlarga fidutsiar majburiyat yuklash: afzalliklar va risklar
O‘zbekiston | 10:48
-
Telegramʼda akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 10:44
-
Energiya samaradorligi milliy agentligi nimalar bilan shug‘ullanadi?
O‘zbekiston | 10:28
-
Vens Rossiya va Ukrainani to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi
Jahon | 10:09
Mavzuga oid

10:09
Vens Rossiya va Ukrainani to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi

08:40
Zelenskiy: Rossiya bilan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifi kuchda qolyapti

21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi

21:05 / 07.05.2025