Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 3 ballik zilzila kuzatildi
5 avgust, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:18da Tojikiston hududida kuchli zilzila yuz berdi. O‘zbekiston poytaxtida 3 ballik yer osti silkinishi sezilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, zilzila koordinatalari: 40,2 gradus shimoliy kenglik; 70,84 gradus sharqiy uzunlik. Toshkentgacha masofa 181 kilometr janubiy-sharqiy yo‘nalishda joylashgan bo‘lib, magnituda – 5, chuqurlik – 10 kilometr.
Zilzila O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida qayd etilgan:
- Toshkent: 181 km, 3 ball.
- Namangan: 113 km, 4 ball.
- Andijon: 143 km, 3 ball.
- Farg‘ona: 83 km, 4 ball.
- Guliston: 177 km, 3 ball.
- Jizzax: 255 km, 3 ball.
- Samarqand : 336 km, 2 ball.
- Termiz: 453 km, 2 ball.
- Qarshi: 458 km, 2 ball.
- Navoiy: 464 km, 2 ball.
Eslatib o‘tamiz, 14 iyul kuni Afg‘onistonda, 16 iyul kuni Tojikistonda yuz bergan 4,7 va 4,2 balli zilzilalar kuchi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezilgandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Rossiya hududlari ishchi kuchi tanqisligi tufayli migrantlarini qaytara boshladi
Jahon | 16:30
-
Toshkentda 7 nafar bola uydagi hovuzda cho‘kdi
O‘zbekiston | 16:09
-
Nukus - Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 15:55
Mavzuga oid

00:41 / 06.12.2024
AQShda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

11:53 / 13.11.2024