Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish kiritiladi. U sement savdosiga aloqador
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.
178-modda (Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) sakkizinchi qism bilan to‘ldiriladi.
Unga ko‘ra, ichki bozorda sement mahsulotlarini chakana sotishda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish - huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Sakkizinchi-to‘qqizinchi qismlar tegishincha to‘qqizinchi-o‘ninchi qismlar deb hisoblanadi.
O‘ninchi qism dispozitsiyasidagi “uchinchi – sakkizinchi qismlarida” degan so‘zlar “uchinchi – to‘qqizinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
Mavzuga oid
21:53 / 18.05.2026
Sotuvchi xaridorning qonuniy talabini bajarmasa, elektron platforma zimmasiga ham mas’uliyat yuklanadi
21:46 / 18.05.2026
Avtomobil odometrini o‘zgartirib, bu haqda xaridorni ogohlantirmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi
21:12 / 14.05.2026
Issiqxonani isitishda mazut, bitum va shina yoqqanlik uchun jarimalar belgilandi
12:21 / 09.05.2026