Valtteri Bottas “Formula-1”ning Mercedes jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi
“Formula-1” avtopoygalarida ishtirok etuvchi Mercedes jamoasi finlyandiyalik poygachisi Valtteri Bottas bilan yangi shartnoma imzolanganini e'lon qildi. Shartnoma 2021 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Foto: Getty Images
Bottas 2017 yilda Mercedes a'zosiga aylangan. U bu jamoa poygachisi sifatida 8 ta poygada g‘alaba qozongan, 39 marta podiumga ko‘tarilgan.
“Oxirgi yillarda men muntazam rivojlanib bordim. Ishonchim komilki, hozirda eng yuqori darajaga erishdim, birok mukammallikning chegarasi yo‘q. Mercedes ham shunday falsafaga egaligidan xursandman”, deb aytgan Bottas.
Poygachining aytishicha, u doimo chempionlik uchun kurashgan. “Bu yil ham chempionatda g‘oliblik uchun kurashmoqdaman. Keyingi mavsum ham har bir poygada bor mahoratimni ishga solishda davom etaman”, deb aytgan poygachi.
Bottas Mercedes’ga o‘tishdan oldin Williams jamoasi uchun ishtirok etgan. U bu jamoa uchun 2013 yilda debyut qilgan.
Joriy mavsumda poygachi 58 ochko bilan 2-o‘rinni egallamoqda. Chempionatda 88 ochko bilan Bottasning jamoadoshi, amaldagi chempion Lyuis Xemilton yetakchilik qilmoqda. Xemilton o‘z shartnomasini keyingi mavsum uchun hali uzaytirmagan.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senator Kori Buker Trampni uzluksiz 25 soat tanqid qilib, rekord o‘rnatdi
Jahon | 15:06
-
«Hizbulloh» qo‘mondoniga suiqasd, saylovdan mahrum etilgan Le Pen va Harvardni mablag‘dan mosuvo etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 14:28
-
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi
O‘zbekiston | 14:22
-
Qamchiqda Hyundai furgoni xandaqqa quladi
O‘zbekiston | 13:49
Mavzuga oid

20:10 / 25.03.2025
Mercedes o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shaydigan xodimlariga 500 ming yevrogacha pul taklif qilmoqda

17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi

07:35 / 29.07.2024
Mercedes poygachisi Belgiya Gran-prisida g‘alaba qozonganidan so‘ng diskvalifikatsiya qilindi

23:50 / 07.10.2023