Jamiyat | 13:30 / 07.08.2020
23146
2 daqiqa o‘qiladi

Senatorlar harbiy xizmatga qabul qilish va harbiy xizmatdan bo‘shatish mezonlarini aniq belgilovchi qonunni ma'qullashdi

Oliy Majlis Senatining videokonferensaloqa tarzida bo‘lib o‘tayotgan oltinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.

Foto: Senat matbuot xizmati

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonovning qayd etishicha, qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq yo‘nalishdagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va yagona ko‘rinishga keltirishga, sohada qo‘llanadigan tushuncha, atama va nomlanishlarni bir xil talqin etilishi imkonini beradi.

Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishdan ko‘zlangan asosiy maqsad:

Birinchidan, harbiy xizmatga qabul qilish va harbiy xizmatdan bo‘shatish mezonlarini aniq belgilab berish;

Ikkinchidan, serjant unvoni o‘rniga yangidan kiritilgan

I, II, III darajali serjant unvonlari hamda kema tarkibidagi unvonlarda bo‘lgan o‘zgarishlarni qonun hujjatlarida aks ettirish;

Uchinchidan, ilgari Mudofaa vazirligi vakolatida bo‘lgan harbiy kiyim-kechakda yurish tartib-qoidalarini belgilash vakolatini kuch tuzilmalari mavjud vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rahbarlariga berish;

To‘rtinchidan, oliy ta'lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlari va kurslarida olib borilishi mumkinligini belgilash.

«Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar amaldagi qonun hujjatlarini muvofiqlashtirish hamda qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etishga zamin yaratadi», - deya senatorning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Muhokamalardan so‘ng senatorlar tomonidan ushbu Qonun ma'qullandi.

Mavzuga oid