“Mahalla fuqarolar yiğinlari raisligi uçun saylov ötkazilgan. Sergeli tumanidagi bitta mahallani oltitaga bölib, 5ta mahalla raisini qöyişimizga tuman kengaşining, şahar kengaşining qarorini çiqariş, hujjat tayyorlaş uçun uç kun vaqt ketdi.
1000dan oşiq mahalla raisining işi qoniqarsiz baholangan. 364ta mahallada iş yaxşi taşkil qilinmagan. 136ta mahallada saylov taşkil qiliş kerak. Buning uçun ilgari şahar/tuman kengaşlari bölgan. Kengaş tugatilgaç, masala oçiq qoldi. Mahalla raislari saylov orqali qöyilgan. Ularga ta'sir çorasini ötkaziş, ular ustidan tuşadigan arizani tekşiriş uçun yo prokuratura yo boşqa joyga çiqadigan bölsam, bu ham bitta muammo.
Töğridan-töğri mahalla bilan boğlaniş imkoni bölganida tizimda birontasini uxlatmasdim, tindirmasdim, çunki biz işonç bildirilgan tizimmiz. Deputatlar meni qöllab-quvvatlaydigan bölsa, tizimni 24 soat işlatib, hammasini joyiga qöyişga tayyormiz. Faqat bizga kömak kerak. Çunki saylov bölgan. Hozir töğridan-töğri olib taşlay olmaymiz.
2022 yilda saylov böladi. Ungaça özgarişlar kiritilyapti. Lekin hozirgi paytdagi muammolar-çi? Mahalla raislarining 276 nafari örta ma'lumotli, 1700 nafardan ortiğining yoşi 65dan oşgan. Ularni öqitiş masalasi bor. Lekin qayerda va qaçon?!”, dedi u Senatning 7 avgust kuni ötkazilgan 6-yalpi majlisida.
Senat raisi Tanzila Norboyeva muammolarni hal qiliş uçun mahalla raislarini öqitiş kerakligini ta'kidladi.
“Mahalla raislarini öqitiş kerak. Işdan böşataverişimz mumkin. Lekin tayyor kadr qayerda bor? Şuning uçun mavjud kadrlarni öqitiş kerak. Jamiyatda mavjud bölgan muammolarga nisbatan öqitiş kerak, umumiy mavzulardan ma'ruza öqiş emas. Keraksiz matnlar bilan ma'ruza öqişadi. Şuning uçun öqitişning heç samarasi bölmayapti.
Ularning bilim darajasini inobatga olib öqitiş, sodda tilda tuşuntiriş, ijtimoiy xizmat körsatişni örgatiş kerak.
Mahalla mablağ ajratişda nega xato qilyapti? Birinçidan, nafs balosi bordir. Ikkinçidan, ularda xizmat körsatiş könikmasi ham yöq. Ijtimoiy yordam beriş, ijtimoiy xizmat körsatişni mutlaqo bilmaydi”, dedi Norboyeva.

















