Belarus: Rasmiy ekzit-pollar Lukashenko 80 foizga yaqin ovoz to‘plaganini ko‘rsatmoqda
Belarusda prezidentlik saylovlarida ovoz berish rasman yakunlandi, ammo Minskdagi ayrim uchastkalarga saylovchilar juda ko‘pchilik bo‘lib tashrif buyurgani tufayli ovoz byulletenlarini qabul qilish davom etmoqda.
Belarusning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko rasmiy ekzit-pollarning ko‘rsatishicha saylovda 79,7 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Svetlana Tixanovskaya 6,8 foiz ovoz olgan, Anna Kanopatskaya - 2,3 foiz, Andrey Dmitriyev - 1,1 foiz, Sergey Cherechen - 0,9 foiz saylovchilar tomonidan qo‘llangan. Ekzit-pollarga ko‘ra, barcha nomzodlarga qarshi saylovchilar 9,2 foizni tashkil etgan.
«Radio Svoboda» xabariga ko‘ra, xorijdagi 18ta uchastkadagi natijalarga ko‘ra, Lukashenko 10 foiz atrofida, Tixanovskaya esa 71 foiz ovoz olgan. Bu ekzit-pollarni kim o‘tkazgani va gap qaysi mamlakatdagi saylov uchastkalari haqida ketayotgani aniq emas.
O‘z navbatida Belarus MSK raisi Lidiya Yermosheva Lukashenko mamlakatning besh hududidagi saylov uchastkalarida 82 foizlik natija ko‘rsatgani, armiyadagilarning esa 93,7 foizi unga ovoz berganini ma'lum qilgan.
Saylov uchastkalarida ovoz berish yakunlanmagani bo‘yicha vaziyatga izoh berib, MSK raisi bunday holat ilk bor kuzatilayotganini, lekin barcha saylovchilar ovoz berib bo‘lmaguncha uchastkalar yopilmasligini ma'lum qilgan. Bungacha bir necha soat oldin u saylov uchastkalarining ishlash muddati uzaytirilmasligini bildirgandi.
Saylovda davomat 80 foizdan oshiqni tashkil etdi - bu natija asosan muddatidan oldin ovoz berish evaziga qayd etilgan. MSK axboroti bo‘yicha Belarusda muddatidan avval ovoz berishning besh kunligida (4—8 avgust) saylovlarda saylovchilarning 41,7 foiz qismi ishtirok etgan.
Muxolifatchilar tarafdorlari saylovdan keyin norozilik namoyishlari o‘tkazishni rejalashtirgan, bu vaqtda Minsk ko‘chalariga harbiy texnikalar joylashtirilgan.
Mavzuga oid
23:47 / 23.11.2024
Lukashenko polshalik qochoq sudyaga boshpana taqdim etdi
21:16 / 22.11.2024
Lukashenko Belarusda norozilik namoyishlari takrorlansa, internetni «butunlay o‘chirib qo‘yish» bilan tahdid qildi
20:52 / 20.11.2024
Lukashenko yana 32 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
01:38 / 19.11.2024