
– Nargiza Nusratovna, sizning asosiy faoliyatingiz öpka patologiyasi, xususan sil kasalligi bilan boğliq. Koronavirus Özbekistonga kirib kelganiga ham olti oy böldi, şu vaqt oraliğida sil kasalligi va COVID-19 birgalikda kelişi qay darajada kuzatilmoqda?
– Albatta, koronavirus infeksiyasi Özbekistonga kirib kelgan vaqtdan şu kunga qadar sil kasalligi va COVID-19'ning birgalikda kelişi statistikasi mutaxassislar tomonidan örganilmoqda. Bizning Respublika ixtisoslaştirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi misolida aytadigan bölsak, 15 mart kunidan bugungi kungaça sil kasalligi va COVID-19 bilan kasallangan bemorlar aniqlanib, ularda silning klinik keçişi COVID-19 bölmagan sil bemorlaridan heç qanday farq qilmadi, deyiş mumkin.
– Umuman, respublikada sil kasalligi bilan boğliq vaziyat qanday? Karantin holatining bu kasallik tarqalişiga ta'siri örganilyaptimi?
– Özbekiston Respublikasida sil kasalligiga qarşi oldindan olib borilayotgan barça tadbirlar: silni aniqlaş va davolaş işlari davom etmoqda. Davlat tomonidan bunga hozirgi kunda katta e'tibor berilmoqda. Ammo viloyatlarda vaziyat talab qilganda viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazlaridagi ba'zi binolarda COVID-19 aniqlangan bemorlar uçun alohida bölimlar taşkillaştirilgan.
– Fikringizça, pandemiya kuz-qiş oylarida ham susaymasa, kasallik qanday klinik kartina hosil qiladi va mavsum ölim körsatkiçiga qay darajada ta'sir qilişi mumkin?
– Bu prognozni faqatgina epidemiologlar berişi mumkin.
– Siz faoliyat olib borayotgan tibbiyot markazida ham COVID-19'ga çalingan bemorlar davolanmoqdami? Ular boşqa bemorlar bilan qanday ajratilgan?
– Yuqorida aytib ötganimdek, bizning markazimizda sil kasalligi va COVID-19'ga çalingan bemorlar davolanmoqda. Bunday bemorlar aniqlanganda biz ularni barça sanitar-gigiyena qoidalarga rioya qilgan holda alohida davolaş bölimiga izolyatsiya qilib ham silni, ham COVID-19'ni davolaş protokoli asosida davo işlari olib bormoqdamiz.
– Bu kasallikni davolaşda öpka maşqlari va tanaga suyuqlik jönatiş böyiça turliça fikrlar bildirilmoqda. Siz COVID-19'ni davolaşda bu ikki muolajaga qanday qaraysiz?












