Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
11 avgust kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 11 avgust kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 19-24 daraja issiq bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:39 / 21.01.2026
O‘zbekistonda qor, kuchli shamol va sovuq ob-havo kutilmoqda
10:12 / 21.01.2026
Bugun ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin
11:52 / 20.01.2026
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
12:18 / 19.01.2026