Qoraqalpoğiston Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi ob-havo keskin isib ketişi munosabati bilan hududdagi davlat va nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari faoliyati vaqtinça töxtatilişini ma’lum qildi.

Uşbu çora bolalar soğliğini anomal issiqlik ta’siridan himoya qiliş va ularning xavfsizligini ta’minlaş maqsadida qabul qilingani qayd etilgan.

Şahar va tuman hokimlari qarorlariga muvofiq, boğçalar quyidagi muddatlarda işlamaydi:

  • Nukus şahri – 13 iyuldan 18 iyulgaça;
  • Xöjayli tumani – 13 iyuldan 18 iyulgaça;
  • Amudaryo tumani – 13 iyuldan 15 iyulgaça;
  • Beruniy tumani – 13 iyuldan 17 iyulgaça;
  • Taxiatoş tumani – 13 iyuldan 17 iyulgaça;
  • Şumanay tumani – 13 iyuldan 17 iyulgaça;
  • Möynoq tumani – 13 iyuldan 17 iyulgaça;
  • Qonliköl tumani – 13 iyuldan 17 iyulgaça;
  • Törtköl tumani – 13 iyuldan 17 iyulgaça.

Boğçalar faoliyatini vaqtinça töxtatiş Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi hududiy bölimlarining tegişli xulosa va tavsiyalari asosida amalga oşirilmoqda.

Şuningdek, mutasaddilar ota-onalardan farzandlarining salomatligiga e’tiborli bölişni, kunning eng issiq vaqtlarida ularning oçiq havoda uzoq vaqt qolişiga yöl qöymaslikni va zarur ehtiyot çoralarini körişni söragan.

Ma’lumot uçun, Özgidromet 13–17 iyul kunlari Özbekistonga juda issiq havo oqimlari kirib kelişidan ogohlantirgandi. Harorat +44…+46 darajagaça kötariladi, ayrim joylarda çang-tözonlar kuzatilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, 2025 yil iyulida ham havo isib ketişi tufayli Qoraqalpoğistonning aksar hududlarida boğçalar vaqtinça yopilgandi.