Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti tashqi ishlar vazirlari majlisida ishtirok etadi
Majlisda joriy epidemiologik holat, koronavirus infeksiyasi va uning oqibatlariga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilinadi.
2020 yil 11 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov videokonferensiya shaklida «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti tashqi siyosat idoralari rahbarlarining navbatdan tashqari majlisida ishtirok etadi.
Tadbirda, shuningdek, Yaponiya tashqi ishlar vaziri Toshimitsu Motegi, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov qatnashadi.
TIV xabariga ko‘ra, majlis chog‘ida muloqot davlatlaridagi joriy epidemiologik holat, koronavirus infeksiyasi va uning oqibatlariga qarshi birgalikda kurashish masalalari hamda pandemiya sharoitida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026