Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik tibbiyotchilar koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga keladi
Rossiyalik tibbiyotchilar guruhi O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun jo‘naydi. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash prezidiumi yig‘ilishida ma'lum qildi.
“Biz xalqaro faoliyatimizni ham davom ettirmoqdamiz. Shuni ta'kidlab o‘tmoqchimanki, mutaxassislarimiz Qozog‘istondan o‘z vazifalarini bajarib qaytdilar. Endilikda O‘zbekistonga jo‘natiladigan mutaxassislar guruhi tayyorlanmoqda”, deb aytgan Murashko yig‘ilishda.
Iyul oxirida Murashko Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksinaning tarkibiga O‘zbekiston ham kiruvchi Shanhay hamkorlik tashkiloti davlatlariga yetkazilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qilgan.
7 avgustda Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Oleg Gridnev Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatga oladigan dunyodagi birinchi davlat bo‘lishini ma'lum qilgan. N.Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaksina 12 avgustda ro‘yxatga olinishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:10
Kiyev va Xarkiv yana hujum ostida: jabrlanganlar bor
09:50
Monetochkaga Rossiyada bir yillik koloniya jazosi tayinlandi
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026