Özbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yöllagan murojaatnomasida kambağallikka qarşi kuraş iqtisodiy rivojlaniş siyosatimizda ustuvor vazifa etib belgilandi.

«Kambağallikni kamaytiriş – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyğotiş, insonning içki kuç-quvvati va salohiyatini töliq röyobga çiqariş, yangi iş örinlari yaratiş böyiça kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oşiriş, demakdir», deb ta'kidlangan edi murojaatda.

Iqtisodiyot qonunlariga asosan, «kambağallik kambağallikni keltirib çiqaradi». Mazkur jarayon bir neça sabablarga köra sodir böladi.

Birinçidan, daromadlari past mamlakatlar sifatli ta'lim va soğliqni saqlaş uçun yetarliça pul sarflay olişmaydi, kambağal aholi esa sifatli pullik ta'lim va tibbiyot xizmatlarga qurbi yetmasligi sababli inson salohiyati pasayib, kambağallikdan qoçib qutula olmaydilar.

Ikkinçidan, kambağal aholining daromadlari pasayib borgan sari, iste'mol bozorining siğimi mutanosib ravişda kiçrayib boradi va buning natijasida sanoat mollari, qişloq xöjaligi mahsulotlari va ayniqsa, xizmatlarga bölgan talab pasayib boradi. Bu esa, öz navbatida, iqtisodiy taraqqiyotga tösqinlik qiladi, budjet daromadlarini kamaytiradi va kambağallarni ijtimoiy jihatdan qöllab-quvvatlaş imkoniyatini kamaytirib yopiq siklik jarayon körinişiga keladi.

Uçinçidan, aksariyat hollarda kambağallarning dunyoqaraşi daromad yuqori bölganlardan farq qiladi. Yuqorida aytib ötilgan sabablarga köra, ular orasidan ijodkor va tadbirkorlik qobiliyatiga ega insonlarning yetişib çiqişi ehtimoli kamroq. Şuningdek, odatda kambağal oila a'zolari orasida jinoyatçilik körsatkiçlari nisbatan yuqoriroq böladi.

Boşqaça qilib aytganda, kambağallikni keltirib çiqaruvçi omillar mamlakatda inson salohiyatini rivojlantirişga, işlab çiqaruvçi kuçlarning rivojlanişi va aholining iqtisodiy faoliyatiga tösqinlik qiladi.

Özbekistonda oxirgi uç yil mobaynida kambağallikni kamaytirişga qaratilgan çora-tadbirlar natijasida aholi jon boşiga real jami daromad 43,9 foizga, örtaça hisoblangan nominal oylik iş haqi 79,7 foizga yoki 2016 yildagi 1293,8 ming sömdan 2019 yilda 2324,5 ming sömga oşdi.

Jahon bankining «Özbekiston fuqarolarini tinglab» loyihasi doirasida, uy xöjaliklari orasida ötkazilgan sörovnoma natijalariga köra, 2020 yilning yanvar-mart oylari uçun örtaça kambağal xonadonning oylik daromadi taxminan 1,5 million sömni taşkil etib, taqqoslama narxlarda bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 12 foizga oşgan.