Qarorga muvofiq, “Yoşlar daftari”ga doimiy yoki vaqtinça yaşaş joyi böyiça 14 yoşga tölgan va 30 yoşdan oşmagan (31 yoşga tölmagan) yoşlar kiritiladi. Bunda quyidagi toifalar nazarda tutilgan:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a’zolari;
oilasining oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan köp bölmagan yoşlar.
Yangi tartibga köra, ariza beruvçi “Yoşlar daftari”ga kiriş va ijtimoiy yordam turlaridan birini sörab Davlat xizmatlari markazlari, YaIDXP (my.gov.uz) yoki Yoşlar yagona elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
Şuningdek, “Yoşlar daftari” jamğarmasidan körsatiladigan yordamlar individual reja asosida tuziladigan ijtimoiy şartnoma orqali taqdim etiladi. Ijtimoiy şartnoma şartlarining bajarilişi elektron platforma orqali avtomatik tarzda monitoring qilinadi va har oy 100 balli tizim asosida baholanadi.
Kamida 6 oy davomida ijtimoiy şartnoma şartlarini “a’lo” darajada bajargan va örtaça oylik körsatkiçlari eng yuqori bölgan 1 000 nafargaça yoşlar har yili dekabr oyida BHMning 3 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.












