«Hoshimov iqtisodiyoti» dasturi doirasida Behzod Hoshimov San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti professori, virusolog olim Şarof Tugizov bilan «Covid-19’ning kelib çiqişi, tarqalişi va davosi» mavzusida suhbat uyuştirdi.

- Viruslar özi nima? Ularning bakteriyalardan qanday farqi bor?

- Viruslar hujayralar içida yaşaydigan parazitlar. Ular hujayradan taşqarida yaşay olmaydi. Viruslarni juda yuqori taşkil qilingan organizm deb aytiş mumkin. Ularning genetik informatsiyasi bor. Genetik informatsiyasi oqsillarga öralgan holda joylaşgan böladi.

Koronavirus haqida gapiradigan bölsak, uning himoya qoplami bor. Genetik ma'lumot öşa lipid qoplamada turadi. U taşqarida bölgan vaqtida heç qanday ziyoni yöq. Lekin hujayra içiga kirganidan keyin özining programmasini boşlaydi. Hujayradan yuz foiz foydalanadi. U juda aqlli mavjudot. Hujayra özi oqsil işlab çiqaradi. Virusda bu narsa yöq. Virus içkariga kirgaç, hujayraning xususiyatlarini özi uçun işlaşga majburlaydi.

- Hozirda Özbekistonda köplab mulohazalar bölyaptiki, koronavirusga çalingan bemorlarni antibiotiklar, ya'ni bakteriyalarni öldiradigan dorilar bilan davolaşmoqçi. Bu qançalik notöğri, balki töğrimi?

- Antibiotiklar viruslarga qarşi işlamaydi. Ular virusni töxtatmaydi. Lekin bu virusning patologiyasi şundayki, bu virus pnevmoniyaga olib keladi. Pnevmoniya bölgan vaqtida köpçilik holatlarda bakteriyalar ham qöşiladi. Öşani davolaş uçun antibiotiklar işlatiladi.

- Covid-19’ning undan oldingi viruslar yoki koronaviruslardan prinsipial farqi nimada?

 - Koronaviruslarning oilasi – katta oila. Bularning yoşi 600-800 yil atrofida. Ular tabiatda ança ilgari paydo bölgan. Ularning hamma hayvonlarda viruslari bor. Odamlarda ham bor. Koronaviruslar fanda birinçi marta 1937 yilda tovuqlarning embrionida aniqlangan. 1960 yilga kelib, koronavirus odamlarda aniqlana boşlandi. Törtta ştammi bor. Hozirgaça ham öşa ştammlari mavjud. Ularni nopandemik deymiz. Ular pandemiya çaqirmaydi. Ular faqat tomoqda, yuqori nafas yöllarida patologiya çaqiradi. Lekin öpkaga tuşmaydi. Qiş faslida mana şularning hammasi keladi. Yengil ötib ketadi.

SARS-CoV-1 2002 yilda birinçi marta Xitoyning Guandun provinsiyasida topildi. Öşa vaqtda ança işlar amalga oşirildi. Aniqlandiki, bu körşapalaklardan odamlarga ötgan. Körşapalaklarning 1300dan ortiq turi bor ekan. Ularning hammasining öz koronavirusi bor. Hozirgi natijalarga köra, şunday bölyaptiki, bu avval körşapalaklarga bir-biridan ötgan. Rekombinatsiya bölgan. Rekombinatsiya şunday narsaki, ikkita virus bitta hujayraga kirganida genomlari 25 foizgaça bir-biri bilan almaşadi. Şu vaqtda vurusning genomida katta özgariş böladi.