AQŞ prezidenti dunyoning deyarli barça davlatlari tovarlariga boj joriy qilişini “Amerikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qiliş” deb atamoqda. Korporativ moliya böyiça xalqaro mutaxassis Xondamir Nusratxöjayev bu siyosatning AQŞ va global dunyoga ta’siri haqida Nyu York universitetining iqtisodiyot professori Behzod Hoşimov bilan suhbatlaşdi.
Behzod Hoşimovning ta’kidlaşiça, 1945 yilda keyin xalqaro savdo erkinlaşib, mamlakatlarning özaro integratsiyasi kengayib borayotgandi. Agar Trampning boj siyosati bekor qilinmaydigan bölsa, bu AQŞdagi işlab çiqaruvçilar uçun ham, iste’molçilar uçun ham, dunyo uçun ham juda katta iqtisodiy zarar va yöqotişlarga sabab böladi.
“Oddiy bitta qalamdan tortib, iPhone kabi mahsulotgaça bölgan tovarlar yuzlab çegaralarni bosib ötadi. Işlab çiqariş zanjirlarida ixtisoslaşuv kuçayayotgandi. Misol uçun, mikroçiplarning katta qismi Niderlandiyada, rezina Malayziyada işlab çiqarilardi. Ya’ni har xil tovarlar turli joylarda işlab çiqarilgani sababli mamlakatlar özaro çuqur boğlangan. Qiziq tomoni, AQŞ dunyodagi eng katta iqtisodiyot va iste’mol bozori bölsa-da, savdodagi uluşi u qadar katta emasdi. Köp narsalar mamlakatning özida işlab çiqarilardi. Qöşma Ştatlarda neft ham, metallar ham, suv va taxta kabilar ham bor. Juda ham katta iqtisodiyot taşqariga u qadar çuqur boğlanmagan. Ammo mamlakatdagi eng samarador sektorlar, jumladan, samolyot işlab çiqariş Yevropa va Osiyodagi işlab çiqaruvçilar bilan juda ham boğliq.
Ikkinçi tomondan, AQŞ narxlar tuşişi orqali xalqaro savdodan manfaat körardi. Çunki narxlar arzonligi sabab maişiy mahsulotlarning juda katta qismini rivojlanayotgan dunyodan import qilardi. Bir paytlar Amerikada ham köylak yoki paypoq işlab çiqarilardi, ammo keyinçalik odamlar IT, arxitektura kabi yuqori iqtisodiy qiymat yaratadigan sohalarga ötib ketişni boşlaşdi. Bu tabiiy jarayon.
Trampning bojlari sabab narxlar qimmatlaydi. Masalan, AQŞga qahva töliq import qilinadi. Tuxum bilan boğliq holat ham şunday, parrandalarga ozuqa çetdan olib kelinadi. Bu amerikalik iste’molçilarga juda ham katta salbiy ta’sir körsatadi. Agar tariflar saqlanib qoladigan bölsa, AQŞ bilan katta savdo aylanmasiga ega mamlakatlar qiynaladi. Agar keyingi 4 yil davomida tarif uruşi davom etadigan bölsa, bu AQŞdagi işlab çiqaruvçilar uçun ham, iste’molçilar uçun ham, dunyo uçun ham juda katta iqtisodiy zarar va yöqotişlarga sabab böladi”, deydi Behzod Hoşimov.
Xondamir Nusratxöjayev Tramp savdo defitsitini AQŞni ekspluatatsiya qiliş deb baholayotganiga töxtalib, importning eksportdan köpligi Amerika uçun haqiqatan ham salbiy jihatmi, degan savolni örtaga taşladi.
















