Mpox virusi Özbekistonga qançalik xavf solişi, unga qarşi vaksinalar samarasi haqida AQŞning Kaliforniya universiteti virusologi Şarof Tugizov gapirib berdi. Professor çeçakka qarşi vaksinani yana qaytariş kerak degan takliflar paydo bölayotgani, bu qançalik asosga ega ekanligiga ham töxtaldi.

– Dunyoda mpox virusi bilan vaziyat qanday tus olyapti?

– Hozir dunyoda mpox virusining 10-marta qaytalanişi. Markaziy Afrika davlatlarida tarqalayotgan virus 2023 yilda boşlangan edi. Bu virusning Ib kladi hisoblanadi. Bu klad yana Şvetsiya va Tailandda ham aniqlangan. Ib kladning patogeni kuçliroq bölib, 10 foizgaça ölimga sabab böladi. Klad II Ğarbiy Afrikada 2022 yilda boşlangandi va öşanda 100dan ortiq mamlakatga tarqalib ketgandi. Hozir Afrikada vaziyat yaxşi emas. 18-20 ming odamda virus aniqlanib, 600 kişi vafot etdi. JSST Afrikada kasallikning keng tarqalmasligi oldini oliş uçun 6 oylik rejani e’lon qildi. Kuraş uçun 135 million dollar pul va 10 million doza vaksina kerak ekan. Afrikada vaksina masalasi doim oğir

– Yangi pandemiya boşlanişi mumkinmi?

– 2022 yilgi vaziyatga qarasak, bu virusning ham tarqalib ketiş ehtimoli bor. Lekin kovid davridagidek katta pandemiya bölmaydi. Çunki maymun çeçagi kovidçalik tez tarqalib ketolmaydi. Agar terida şikastlangan, şilingan joyi bölsa, öşa yerdan virus yuqişi oson. Ammo soğlom teri orqali inson organizmiga kira olmaydi. Maymunçeçak virusi organizmga tuşgandan keyin 1-4 hafta davomida turadi, agar toşmalar yorilmasa virus taşqariga ajralmaydi.

– Maymunçeçak qanday yöllar bilan yuqadi?

– Bu virusning boşqa odamga yuqişi uçun virusni olib yurgan odam bilan aloqada böliş kerak. Quçoqlaşiş yoki öpişib körişiş singari. Virus pufakçalari oğiz şilliq qavatida ham paydo bölişi mumkin. Suyuqlik töplangan pufakçalar yorilib ketmasa yoki ataylab yorilmasa, odamlarga yuqiş xavfi ança past. Virus yuqqandan keyin 1-3 hafta içida klinik davri boşlanadi. Dastlab teriga qizil toşma toşadi va 5-6 kundan keyin içiga suyuqlik töplanadi. Yana 5-6 kundan keyin toşma toşgan teri sohasi qorayib, çandiqqa aylanib qoladi.

– Suvçeçak va çeçakdan qanday farqi bor?

– Suvçeçak ham maymunçeçak singari yara içiga suyuqlik töplaş orqali paydo böladi. Suvçeçakni boşqa virus çaqiradi. Bu kasalliklarni farklaş uçun polimeraza zanjiri reaksiyasi testi bilan laboratoriyada diagnostika kiliş kerak. Şunda aniklaş mumkin.