Iqtisodiyot | 19:51 / 11.08.2020
47008
2 daqiqa o‘qiladi

Deklaratsiya to‘ldirmasdan chegaradan olib chiqiladigan va olib kiriladigan valuta miqdori ko‘paytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 avgustdagi №472-sonli qaroriga ko‘ra, hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Resbulikasining «Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosidan qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 yanvardagi №66-sonli «jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valutani O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalarini tasdiqlash haqida»gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Unga ko‘ra, 2020 yilning 1 sentyabridan boshlab:

Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 70 mln so‘m ekvivalentidan ortiq O‘zbekiston naqd valutasi va (yoki) naqd chet el valutasi uchun deklaratsiya to‘ldiriladi. (Hozir amalda bo‘lib turgan qoidaga ko‘ra bu 2 ming AQSh dollariga teng).

Shuningdek, 100 mln so‘mga teng yoki undan oshmaydigan naqd valutani O‘zbekistondan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga amal qilgan holda cheklovlarsiz olib chiqish mumkin bo‘ladi. (Hozir amalda bo‘lib turgan qoidaga ko‘ra bu 5 ming AQSh dollariga teng).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid