Maktabda sinf rahbari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari yuritayotgan hujjatlar soni qisqartirildi
Xalq ta'limi vazirligining umumiy o‘rta ta'lim muassasasining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va sinf rahbarlari faoliyati samaradorligini oshirish haqidagi buyrug‘i tasdiqlandi.
Xalq ta'limi vazirligining 180-sonli buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta'lim muassasasining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida yangi tahrirdagi nizomlar tasdiqlandi.
Mazkur nizomlar bilan bog‘liq asosiy o‘zgarishlar maktablarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va sinf rahbari tomonidan yuritiladigan hujjatlarning soni bilan bog‘liq.
Xususan, 2020/2021-o‘quv yilidan e'tiboran ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan shu kunga qadar yuritib kelinayotgan hujjatlarning soni 7 tadan 4 taga, sinf rahbarining esa 4 tadan 2 taga qisqartirildi.
Yuritiladigan hujjatlarning sonini kamaytirish yoki optimallashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, umumta'lim maktablarida tashkil etilayotgan tarbiyaviy ishlarning bevosita manzilli va izchil ko‘rinish kasb etishiga erishishdan iborat. Ya'ni, ta'lim muassasalarida “xavf guruhi”ga kirgan o‘quvchilarning har biri bilan yakka tartibda ko‘proq shug‘ullanish orqali ularning ijtimoiy reabilitatsiya jarayonini tezlashtirish ko‘zda tutilgan, deyiladi XTV ma'lumotida.
Mavzuga oid
08:30 / 12.10.2024
Ayrim shaxslarga O‘zbekiston hududiga kirish rad etilishi mumkin
14:10 / 02.10.2024
Mehnat organlariga murojaat qilganlardan ortiqcha hujjatlar talab etilishi oldi olinadi
09:27 / 27.05.2024
Qonunchilik hujjatlari mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilinadi
13:38 / 09.04.2024