Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilonda garov o‘ynab, Nexia’ga 3 tonna sement yuklagan haydovchiga chora ko‘rildi
6 avgust kuni marg‘ilonlik fuqaro o‘z tanishi bilan katta mablag‘ evaziga garov o‘ynab, Nexia rusumli avtomashinasiga qoplangan 3 tonna sement mahsulotlarini yuklab «Qashqar» mahallasi bo‘ylab harakatlangan. Bu xatti-harakat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tarqalgan.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, avtomashinaning yuk ko‘tarish imkoniyatidan bir necha barobar ortiqcha bosim uning tayanchlarining darz ketishiga sabab bo‘lib, haydovchi va atrofdagilar hayotiga katta xavf tug‘dirgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026